To'g'ri burchakli parallelepiped
a) o'lchamlari bo'yi-a, eni-b, balandligi-c bo'lsa, u holda uning sirt yuzi:
S=2(ab+bc+ac)
formula bilan hisoblanadi.
Misol: Qirralari 5 cm, 6 cm, 7 cm bo'lgan to'g'ri burchakli parallelepipedning to'la sirt yuzini toping.
Yechish:
S=2·(5·6+6·7+5·7)=2·(30+42+35)=2·107=214 (cm2)
javob: 214 cm2.
b) Qirralari uzunligi yig'indisi esa:
L=4(a+b+c)
formula bilan hisoblanadi.
Misol: O'lchamlari 5 cm, 6 cm, 7 cm bo'lgan to'g'ri burchakli parallelepipedning qirralari uzunligi yig'indisini toping.
Yechish:
L=4·(5+6+7)=4·18=72 (cm)
javob: 72 cm.
d) Hajmi:
V=a・b・c
formula yordamida aniqlanadi.
Misol: O'lchamlari 5 cm, 6 cm, 7 cm bo'lgan to'g'ri burchakli parallelepipedning hajmini toping.
Yechish:
V=5·6·7=210 (cm3)
javob: 210 cm3.
Agar to'g'ri burchakli parallelepipedning asos yuzini S=a・b, balandligini c=H deb belgilasak, uning hajmi
formula bilan hisoblanadi.
Misol: Asos yuzi 21 cm2 balandligini 3 cm bo'lgan parallelepipedning hajmini toping.
Yechish:
V=21·3=63 (cm3)
javob: 63 cm3.
e) qirrasi a desak, uning sirt yuzi:
S=6a²
Misol: Qirrasi 3 dm bo'lgan kubning to'la sirtini toping.
Yechish:
S=6·32 =6·9=54 (cm2)
javob: 54 cm2.
f) qirralari uzunligi yig'indisi:
L=12a
Misol: Qirrasi 2 dm bo'lgan kubning qirralari uzunligi yig'indisini toping.
Yechish:
L=12·2=24 (dm)
javob: 24 dm.
g) hajmi:
V=a³
formulalar yordamida hisoblanadi.
Misol: Qirrasi 4 dm bo'lgan kubning hajmini toping.
Yechish:
V=43=64 (cm3)
javob: 64 cm3.