Kvadrat tenglama

I. ax2+bx+c=0, a≠0 ko'rinishdagi tenglama, bir noma'lumli kvadrat tenglama deyiladi. a - birinchi, b - ikkinchi koeffitsiyent, c -  ozod had. Kvadrat tenglama ildizlari formulasi: 

D=b2-4ac ifoda diskriminant deyiladi.

1) Agar D<0 bo'lsa, tenglama yechimga ega bo'lmaydi.

2) Agar D=0 bo'lsa, tenglama bitta yechimga ega.

3) Agar D>0 bo'lsa, tenglama ikkita yechimga ega: 

Misol. 1) 2x2-10x+12=0 kvadrat tenglamada a=2, b=-10, c=12. D=(-10)2-4∙2∙12=100-96=4.

D>0 demak, tenglama 2 ta yechimga ega: 

Javob: x1=3, x2=2.

2) 3x2+2x+4=0 kvadrat tenglamada a=3, b=2, c=4. D=22-4∙3∙4=4-48=-44. D<0 demak, tenglama yechimga ega emas.

3) x2+2x+1=0 kvadrat tenglamada a=1, b=2, c=1. D=22-4∙1∙1=4-4=0. D=0 demak, tenglama bitta yechimga ega: x=-2/2=-1.

II. Agar kvadrat tenglamada b yoki c  nolga teng bo'lsa, tenglama chala kvadrat tenglama deyiladi. ax2+c=0 bo'lsa, x2=-c/a. Bunda -c/a<0 bo'lganda yechimga ega. ax2+bx=0 bo'lsa, x(ax+b)=0. x1=0, x2=-b/a yechimga ega.

Misol. 1) 2x2-8=0 tenglamadan  x2=8/2=4. bundan x1=2, x2=-2.
2) x2+9=0 tenglamadan x2=-9 tenglama yechimga ega emas.
3) 3x2+6x=0 tenglamani x(3x+6)=0 ko'rinishga keltirsak, x1=0, x2=-6/3=-2 yechimlarini topamiz.

III. Kvadrat tenglamada birinchi koeffitsiyent birga teng bo'lsa x2+px+q=0 bo'ladi. Unga keltirilgan kvadrat tenglama deyiladi. Keltirilgan kvadrat tenglama ildizlari formulasi: 

Masalan, x2+3x-4=0.

IV. Viyet teoremasi. Agar keltirilgan kvadrat tenglama haqiyqiy ildizlarga ega bo'lsa, ularning yig'indisi -p ga, ko'paytmasi q ga teng bo'ladi, ya'ni



17 комментариев:

  1. Анонимный23/9/22 00:12

    Yaxshi tushu tirilganku lekin men savolmga javob topa olmadim

    ОтветитьУдалить
  2. 4-darajali kvadrat tenglama qanday yechiladi

    ОтветитьУдалить
  3. Анонимный11/1/23 12:13

    👍👍👍👍👍

    ОтветитьУдалить
  4. Анонимный23/2/23 19:38

    Abdulaziz Nurullayev

    ОтветитьУдалить
  5. Анонимный14/3/23 20:44

    Menga yoqdi

    ОтветитьУдалить
  6. Анонимный9/4/23 14:05

    👍👍👍

    ОтветитьУдалить
  7. Анонимный26/6/23 10:18

    Rahmat judayam yaxshi foydali ekan

    ОтветитьУдалить