1. Maxraji 10 va uning darajalari bo'lgan kasrlarni o'nli kasrlar deyiladi.
Masalan,
2. Agar o'nli kasrning o'ng tomoniga istalgancha 0 yozilsa, uning qiymati o'zgarmaydi.
M-n, 12,7=12,70=12,700 va h.k.
3. O'nli kasrni 10, 100, 1000 va h.k. ko'paytirish uchun kasrdagi vergulni ko'paytuvchida nechta nol bo'lsa, shuncha o'ngga suriladi.
M-n, 3,758 · 100 = 375,8
O'nli kasrni 10, 100, 1000 va h.k. bo'lish uchun kasrdagi vergulni ko'paytuvchida nechta nol bo'lsa, shuncha chapga suriladi.
M-n, 176,25 : 100 = 1,7625
4. O'nli kasrlarni qo'shish va ayirish. O'nli kasrlarni verguli ustma-ust tushadigan qilib yoziladi va amal bajariladi.
M-n, 12,7+3,442=16,142 13,1-0,37=12,73
5. O'nli kasrlarni ko'paytirish. Ko'paytirishda vergulga e'tibor bermay ko'paytirish amali bajariladi. So'ngra hosil bo'lgan sonda o'ng tomondan har bir ko'paytuvchida verguldan keyin nechta xona bo'lsa, shuncha sanab vergul qo'yiladi.
M-n, 12,27·0,021=0,25767
6. O'nli kasrlarni bo'lish. Bo'lish uchun bo'luvchida butun son hosil bo'lguncha bo'linuvchi va bo'luvchilarning o'ngga suriladi. So'ngra burchak usulida bo'linadi.
M-n, 2,576:1,12=257,6:112=2,3