Qoldiqli bo'lish.
1. a=b·n+r. Bunda a - bo'linuvchi, b - bo'luvchi, n - bo'linma, r - qoldiq. 0<r<b.
misolida 46 - bo'linuvchi, 7 - bo'luvchi, 6 - bo'linma, 4 - qoldiq hisoblanadi.
46=7·6+4 - qoldiqli bo'lish,
46=7·5+11 va 46=7·7-3 qoldiqli bo'lish emas. Chunki qoldiq + ishorada va bo'luvchidan kichik bo'lishi kerak! (0<r<b).
2. 320 ni 7 ga bo'lgandagi qoldiqni toping.
320 = 910 = (7+2)10 = 7n+210 = 7n+322 = 7n+(4·7+4)2 = 7n+7n1+42 = 7(n+n1)+7·2+2 = 7(n+n1+2)+2. Qoldiq 2.
3. a sonni d ga bo'lgandagi qoldiq c, b sonni d ga bo'lgandagi qoldiq t bolsa:
a+b ni d ga bo'lgandagi qoldiq c+t ga teng;
a·b ni d ga bo'lgandagi qoldiq c·t ga teng bo'ladi.
Agar c+t yoki c·t d dan katta bo'lsa, ifoda takror d ga bo'linadi.
4. N natural sonni 9 ga bo'lganda hosil bo'ladigan qoldiq, shu natural sonning raqamlari yig'indisini 9 ga bo'lgandagi qoldiqqa teng.