Aylana deb tekislikda bir nuqtadan bir xil uzoqlikda joylashgan nuqtalar to'plamiga aytiladi.
Har qanday aylanani uzunligini uning diametriga nisbati o'zgarmas son bo'lib π harfi bilan belgilanadi. Ya'ni C:d=π.
Bu yerda C-aylana uzunligi, d-aylana diametri, π-irratsional son bo'lib, taqriban π≈3,14 ga teng.
Shunday qilib aylana uzunligi:
Doira deb tekislikning aylana bilan chegaralangan qismiga aytiladi.
Doira yuzi:
Shunday qilib aylana uzunligi:
C=πd
formula bilan hisoblanadi. Agar d=2r desak,( bu yerda r-aylana radiusi.)
C=2πr
formulaga ega bo'lamiz.
Misol: 1) Radiusi 3 cm ga teng bo'lgan aylana uzunligini toping.
Yechish:
C=2·𝜋·3=6𝜋≈6·3,14=18,84 (cm)
javob: 6𝜋 yoki 18,84 cm ga teng.
2) Diametri 2 cm ga teng bo'lgan aylana uzunligini toping.
Yechish:
C=𝜋·2=2𝜋≈2·3,14=6,28 (cm)
javob: 2𝜋 yoki 6,28 cm ga teng.
Doira yuzi:
Misol: Radiusi 4 cm ga teng doira yuzini toping.
Yechish:
S=𝜋·42=16𝜋≈16·3,14=50,24 (cm2)
javob: 16𝜋 cm2 yoki 50,24 cm2.