07/08/2023
01/08/2023
Ildizlar
Ta'rif. a nomanfiy
sonning n≥2 natural ko’rsatkichli arifmetik ildizi deb, n-darajasi a ga teng bo’lgan
nomanfiy soniga aytiladi.
a sonning n-darajali arifmetik ildizi
kabi belgilanadi.
Agar n=2 bo’lsa,
o’rniga
yoziladi.
Misol.
Arifmetik ildiz ta’rifidan, agar a≥0 bo’lsa
bo'lishi
kelib chiqadi.
Masalan,
Xossalari
29/07/2023
Daraja va uning xossalari
1. a sonini n darajaga ko'tarish deyilganda
tushuniladi. a∈Q, n∈N.
M-n, 1) 4·4·4 = 43= 64; 2) 5·5·5·5= 54= 625.
2. Darajaning xossalari:
- an·am = an+m
- an:am = an-m
- (an)m = (am)n = anm
- (a·b)n = an·bn
- (a:b)n = an:bn
- 1n = 1
- a0 = 1
- a1 = a
- (-1)2n = 1
- (-1)2n+1 = -1
- (-a)2n = a2n
- (-a)2n+1 = -a2n+1
- (an)m ≠ anm
- 00 - ma'noga ega emas.
- a-n = 1/an
- agar 0<a<b va x>0 bo'lsa, ax < bx
- agar 0<a<b va x<0 bo'lsa, ax > bx
- agar x<y va a>1 bo'lsa, ax < ay
- agar x<y va 0<a<1 bo'lsa, ax > ay
28/07/2023
Sonlarni to'g'ri va teskari proporsinal bo'laklarga bo'lish
1. a sonni n:m:k nisbatda to'g'ri proporsional bo'laklarga quyidagicha ajratiladi:
- n+m+k hisoblanadi;
- a sonni yuqoridagi yig'indiga bo'linadi;
- hosil bo'lgan bo'linmani n, m, k sonlarg alohida ko'paytiriladi.
Yechish:
- 2+3+4+6=15
- 450:15=30
- 2·30=60; 3·30=90; 4·30=120; 6·30=180.
2. a sonni n:m:k nisbatda teskari proporsional bo'laklarga quyidagicha ajratiladi:
- 1/n+1/m+1/k hisoblanadi;
- a sonni yuqoridagi yig'indiga bo'linadi;
- hosil bo'lgan bo'linmani 1/n, 1/m, 1/k sonlarg alohida ko'paytiriladi.
- 1/2+1/3+1/4+1/6=(6+4+3+2)/12=15/12=5/4
- 120:5/4=120·4/5=96
- 96·1/2=48; 96·1/3=32; 96·1/4=24; 96·1/6=16
Davriy kasrlar
1. Butun qismidan so'ng kasr qismida darhol yoki bir nechta raqamdan so'ng cheksiz takrorlanadigan o'nli kasrga davriy kasr deyiladi.
M-n, 0,555...; 2,6333...; 4,26725252... .
Ularni 0,(5); 2,6(3); 4,267(25) deb belgilanadi. (5), (3), (25) - kasrning davri deyiladi.
2. Butun qismidan so'ng darhol davr boshlanadigan davriy kasrlar sof davriy kasrlar deyiladi.
M-n, 1,(34); 9,(3).
3. Kasr qismida bir yoki bir nechta raqamdan so'ng davr boshlanadigan kasrlar aralash davriy kasrlar deyiladi.
M-n, 5,0(27); 6,345(67).
4. Davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish.
Sof davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish uchun butun qismi 0 dan farqli bo'lsa, butun qismi yoziladi, kasr qismining suratiga davrdagi son yoziladi, maxrjiga davrdagi raqamlar miqdoricha 9 yoziladi.
M-n,
Aralash davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish uchun suratiga barcha raqamlarni yozib, undan davrgacha raqamlar ayriladi, maxrajiga esa davrdagi raqamlar miqdoricha 9 va davrga kirmagan kasr raqamlaricha 0 yoziladi.
M-n,
27/07/2023
O'nli kasrlar
1. Maxraji 10 va uning darajalari bo'lgan kasrlarni o'nli kasrlar deyiladi.
Masalan,
2. Agar o'nli kasrning o'ng tomoniga istalgancha 0 yozilsa, uning qiymati o'zgarmaydi.
M-n, 12,7=12,70=12,700 va h.k.
3. O'nli kasrni 10, 100, 1000 va h.k. ko'paytirish uchun kasrdagi vergulni ko'paytuvchida nechta nol bo'lsa, shuncha o'ngga suriladi.
M-n, 3,758 · 100 = 375,8
O'nli kasrni 10, 100, 1000 va h.k. bo'lish uchun kasrdagi vergulni ko'paytuvchida nechta nol bo'lsa, shuncha chapga suriladi.
M-n, 176,25 : 100 = 1,7625
4. O'nli kasrlarni qo'shish va ayirish. O'nli kasrlarni verguli ustma-ust tushadigan qilib yoziladi va amal bajariladi.
M-n, 12,7+3,442=16,142 13,1-0,37=12,73
5. O'nli kasrlarni ko'paytirish. Ko'paytirishda vergulga e'tibor bermay ko'paytirish amali bajariladi. So'ngra hosil bo'lgan sonda o'ng tomondan har bir ko'paytuvchida verguldan keyin nechta xona bo'lsa, shuncha sanab vergul qo'yiladi.
M-n, 12,27·0,021=0,25767
6. O'nli kasrlarni bo'lish. Bo'lish uchun bo'luvchida butun son hosil bo'lguncha bo'linuvchi va bo'luvchilarning o'ngga suriladi. So'ngra burchak usulida bo'linadi.
M-n, 2,576:1,12=257,6:112=2,3