07/08/2023

Kasr maxrajini irratsionallikdan qutqarish

 

1.  ko'rinishdagi kasrni maxrajini irratsionallikdan qutqarish uchun uni surat va maxrajini 
 ga ko'paytirish kerak, ya'ni:
Masalan,

2.  
 kasr uchun quyidagi formula o'rinli:

Masalan,
Va yana quyidagi formulalardan ham irratsionalikni yo'qotishda foydalaniladi.
3. 
4. 
5. 

6. 









01/08/2023

Ildizlar

Ta'rif. a nomanfiy sonning n2 natural ko’rsatkichli arifmetik ildizi deb, n-darajasi a ga teng bo’lgan nomanfiy soniga aytiladi.

a sonning n-darajali arifmetik ildizi


 kabi belgilanadi. 

Agar n=2 bo’lsa,  


o’rniga

 yoziladi.

Misol. 



chunki 4>0 va 4^3=64


Arifmetik ildiz ta’rifidan, agar a0 bo’lsa




bo'lishi kelib chiqadi.

Masalan, 



Xossalari





29/07/2023

Daraja va uning xossalari

 1. a sonini n darajaga ko'tarish deyilganda 

tushuniladi. a∈Q, n∈N.

M-n, 1) 4·4·4 = 43= 64;   2) 5·5·5·5= 54= 625.

2. Darajaning xossalari:

  1. an·a= an+m
  2. an:a= an-m
  3. (an)= (am)= anm
  4. (a·b)= an·bn
  5. (a:b)= an:bn
  6. 1= 1
  7. a= 1
  8. a= a
  9. (-1)2n = 1
  10. (-1)2n+1 = -1
  11. (-a)2n = a2n
  12. (-a)2n+1 = -a2n+1
  13. (an)m ≠ anm
  14. 00 - ma'noga ega emas.
  15. a-n = 1/an
  16. agar 0<a<b va x>0 bo'lsa, a< bx
  17. agar 0<a<b va x<0 bo'lsa, a> bx
  18. agar x<y va a>1 bo'lsa, a< ay
  19. agar x<y va 0<a<1 bo'lsa, a> ay
Misollar.

1. 4· 43 = 42+3 = 45 = 1024
2. 5: 52 = 54-2 = 52 = 25
3. (32)= 32·3 = 36 = 729
4. (6 · 3)= 62 · 3= 36 · 9 = 324
5. (8 : 2)= 82 : 2= 64 : 4 = 16
6. 125 = 1
7. 1230 = 1
8. 5898= 5898.

28/07/2023

Sonlarni to'g'ri va teskari proporsinal bo'laklarga bo'lish

 1. a sonni n:m:k nisbatda to'g'ri proporsional bo'laklarga quyidagicha ajratiladi:

  1. n+m+k hisoblanadi;
  2. a sonni yuqoridagi yig'indiga bo'linadi;
  3. hosil bo'lgan bo'linmani n, m, k sonlarg alohida ko'paytiriladi.
M-n, 450 sonini 2, 3, 4, 6 sonlariga to'g'ri proporsional qilib tortta bo'lakka bo'ling (ya'ni 450 sonini 2:3:4:6 nisbatda bo'ling).

Yechish:

  1. 2+3+4+6=15
  2. 450:15=30
  3. 2·30=60;  3·30=90;  4·30=120;  6·30=180.
Javob: 60, 90, 120, 180.

2. a sonni n:m:k nisbatda teskari proporsional bo'laklarga quyidagicha ajratiladi:

  1. 1/n+1/m+1/k hisoblanadi;
  2. a sonni yuqoridagi yig'indiga bo'linadi;
  3. hosil bo'lgan bo'linmani 1/n, 1/m, 1/k sonlarg alohida ko'paytiriladi.
M-n,  120 sonini 2, 3, 4, 6 sonlariga teskari proporsional qilib tortta bo'lakka bo'ling.
Yechish:
  1. 1/2+1/3+1/4+1/6=(6+4+3+2)/12=15/12=5/4
  2. 120:5/4=120·4/5=96
  3. 96·1/2=48;  96·1/3=32;  96·1/4=24;  96·1/6=16
Javob: 48, 32, 24, 16.

Davriy kasrlar

 1. Butun qismidan so'ng kasr qismida darhol yoki bir nechta raqamdan so'ng cheksiz takrorlanadigan o'nli kasrga davriy kasr deyiladi. 

M-n,  0,555...;  2,6333...;   4,26725252... .

Ularni 0,(5);   2,6(3);   4,267(25) deb belgilanadi. (5), (3), (25) - kasrning davri deyiladi.

2. Butun qismidan so'ng darhol davr boshlanadigan davriy kasrlar sof davriy kasrlar deyiladi.

M-n, 1,(34);  9,(3).

3. Kasr qismida bir yoki bir nechta raqamdan so'ng davr boshlanadigan kasrlar aralash davriy kasrlar deyiladi. 

M-n,  5,0(27);   6,345(67).

4. Davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish. 

Sof davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish uchun butun qismi 0 dan farqli bo'lsa, butun qismi yoziladi, kasr qismining suratiga davrdagi son yoziladi, maxrjiga davrdagi raqamlar miqdoricha 9 yoziladi. 

M-n, 






Aralash davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish uchun suratiga barcha raqamlarni yozib, undan davrgacha raqamlar ayriladi, maxrajiga esa davrdagi raqamlar miqdoricha 9 va davrga kirmagan kasr raqamlaricha 0 yoziladi.

M-n, 












27/07/2023

O'nli kasrlar

 1. Maxraji 10 va uning darajalari bo'lgan kasrlarni o'nli kasrlar deyiladi.

Masalan, 
2. Agar o'nli kasrning o'ng tomoniga istalgancha 0 yozilsa, uning qiymati o'zgarmaydi.

M-n, 12,7=12,70=12,700 va h.k.

3. O'nli kasrni 10, 100, 1000 va h.k. ko'paytirish uchun kasrdagi vergulni ko'paytuvchida nechta nol bo'lsa, shuncha o'ngga suriladi.

M-n, 3,758 · 100 = 375,8

O'nli kasrni 10, 100, 1000 va h.k. bo'lish uchun kasrdagi vergulni ko'paytuvchida nechta nol bo'lsa, shuncha chapga suriladi.

M-n, 176,25 : 100 = 1,7625

4. O'nli kasrlarni qo'shish va ayirish. O'nli kasrlarni verguli ustma-ust tushadigan qilib yoziladi va amal bajariladi. 

M-n, 12,7+3,442=16,142         13,1-0,37=12,73




5. O'nli kasrlarni ko'paytirish. Ko'paytirishda vergulga e'tibor bermay ko'paytirish amali bajariladi. So'ngra hosil bo'lgan sonda o'ng tomondan har bir ko'paytuvchida verguldan keyin nechta xona bo'lsa, shuncha sanab vergul qo'yiladi.

M-n, 12,27·0,021=0,25767

6. O'nli kasrlarni bo'lish. Bo'lish uchun bo'luvchida butun son hosil bo'lguncha bo'linuvchi va bo'luvchilarning o'ngga suriladi. So'ngra burchak usulida bo'linadi.

M-n,  2,576:1,12=257,6:112=2,3