02/05/2022

Asosiy geometrik tushunchalar.

 Tekislik, nuqta, to'g'ri chiziq geometriyaning asosiy tushunchlaridir. Ularga ta'rif berilmaydi. 

Tekislikdagi asosiy geometrik figuralar nuqta va to'g'ri chiziq hisoblanadi. Nuqtalarni lotin alifbosidagi bosh harflar A, B, C, D, ... bilan belgilanadi. To'g'ri chiziqlar kichkina harflar bilan belgilanadi: a, b, c, ... (1-rasm).

1-rasm.

To'g'ri chiziqni shuningdek AB tarzida ham belgilash mumkin.

Geometrik shakllar xossalarini to'g'riligini belgilovchi mulohazalar isbotlash deyiladi.

Geometrik shakl xossasining to'g'riligini isbotlab ko'rsatiladigan gap teorema deyiladi.

Shakllarning xossasini isbotsiz qabul qilinadigan gapga aksioma deyiladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий