Bo'linish alomati deb bir sonning ikkinchisiga qoldiqsiz bo'linishini ko'rsatadigan shartga aytiladi.
a sonning b songa qoldiqsiz bo'linishini a፧b kabi belgilaymiz.
M-n, 15፧3 yozuv, 15 soni 3 ga qoldiqsiz bo'linadi degani.
1. 2 ga bo'linish belgisi. Oxirgi raqami 0;2;4;6;8 bilan tugaydigan sonlar 2 ga qoldiqsiz bo'linadi.
M-n, 12; 46; 310 sonlari 2 ga qoldiqsiz bo'linadi.
2. 3 ga bo'linish belgisi. Raqamlari yig'indisi 3 ga bo'linadigan son 3 ga qoldiqsiz bo'linadi, raqamlari yig'indisi 3 ga bo'linmaydigan son 3 ga qoldiqsiz bo'linmaydi.
M-n, 372 soni 3 ga bo'linadi. Chunki 3+7+2=12, 12፧3. Demak, 372፧3.
3. 4 ga bo'linish belgisi. Oxirgi ikki raqami 4 ga bo'linsa yoki 0 bo'lsa, bu son 4 ga qoldiqsiz bo'linadi.
M-n, a) 1692 soni berilgan. Oxirgi 2 ta raqami 92፧4. Demak, 1692፧4.
b) 3112300 soni berilgan. Oxirgi 2 ta raqami 0. Demak, 3112300፧4.
4. 5 ga bo'linish belgisi. Oxirgi raqami 0 yoki 5 bilan tugaydigan son 5 ga qoldiqsiz bo'linadi.
M-n, a) 13215, b) 6570.
5. 6 ga bo'linish belgisi. Bir vaqtda 2ga ham, 3ga ham bo'linadigan son 6 ga qoldiqsiz bo'lnadi.
M-n, 138፧2 va 138፧3. Demak, 138፧6.
6. 7 ga bo'linish belgisi. Berilgan sondagi o'nlar xonasidagi sondan birlar xonasidagi raqamning ikkilangani ayrilib, ayirmasi 7 ga bo'linsa, bu son 7 ga bo'linadi.
M-n, a) 91 soni berilgan. 9-2⋅1=7; 7፧7. Demak, 91፧7.
b) 1134 soni berigan. 113-2⋅4=105, 10-2⋅5=0, 0፧7. Demak, 1134፧7.
7. 8 ga bo'linish belgisi. Oxirgi uchta raqami 8 ga bo'linsa yoki 0 bo'lsa, bu son 8 ga qoldiqsiz bo'linadi.
M-n, 5048 soni berilgan. Oxirgi uchta raqami 048፧8. Demak, 5048፧8.
2000 sonining oxirgi uchta raqami 0 demak, 2000፧8.
8. 9 ga bo'linish belgisi. Raqamlari yig'indisi 9 ga bo'linadigan son 9 ga qoldiqsiz bo'linadi.
M-n, 5058 soni berilgan. 5+0+5+8=18, 18፧9. Demak, 5058፧9.
9. 10 ga bo'linish belgisi. Oxirgi raqami 0 bilan tugaydigan sonlar 10 ga qoldiqsiz bo'linadi.
10. 11 ga bo'linish belgisi. Berilgan sondagi o'nlar xonasidagi sondan birlar xonasidagi raqam ayrilib, ayirmasi 11 ga bo'linsa, bu son 11 ga bo'linadi.
M-n, a) 121 soni berilgan. 12-1=11, 11፧11. Demak, 121፧11.
b) 1331 soni berilgan. 133-1=132, 13-2=11, 11፧11. Demak, 1331፧11.
Qolgan sonlarga bo'linish belgilari ularni tub ko'paytuvchilarga ajratish yo'li bilan topiladi. M-n, 45=32⋅5=9⋅5. Demak, 9 va 5 ga bo'lingan son 45 ga bo'linadi.
11. 12 ga bo'linish belgisi. 12=22⋅3=4⋅3. Bir vaqtda 3 va 4 ga bo'lnadigan son 12ga bo'linadi.
12. 14 ga bo'linish belgisi. 14=2⋅7. Demak, bir vaqtda 2 va 7 ga bo'linadigan son 14 ga bo'lnadi.
13. 15 ga bo'linish belgisi. 15=3⋅5. Demak, 3 va 5 ga bo'linadigan son 15 ga bo'lnadi.
14. 18 ga bo'linish belgisi. 18=2⋅9. Bundan, 2 va 9 ga bo'linadigan son 18 ga bo'linadi.
15. 20 ga bo'linish belgisi. 20=4⋅5. Demak, 4 va 5 ga bo'linadigan son 20 ga bo'linadi.
16. 21 ga bo'linish belgisi. Berilgan sondagi o'nlar xonasidagi sondan birlar xonasidagi raqamning ikkilangani ayrilib, ayirmasi 21 ga bo'linsa, bu son 21 ga bo'linadi.
M-n, 3276 soni 21 ga bo'linadimi?
327-6⋅2=315, 31-5⋅2=21, 21፧21. Demak, 3276፧21. Javob: bo'linadi.
Yaxshi
ОтветитьУдалить👍👍👍👍👍
Удалитьyaxsi
ОтветитьУдалитьTT
ОтветитьУдалить✌️✌️
ОтветитьУдалитьTo'g'risi izlagan narsamni ya'ni 45ga bo'linish belgisini topa olmadim
ОтветитьУдалитьSon 9 va 5 ga bòlinsa 45ga ham bòlinadi
Удалить👍👍👍
ОтветитьУдалить🖕
Удалить50 ga bolinish qoidasi
ОтветитьУдалитьChbb
УдалитьHo
УдалитьHoliqnazar
УдалитьBaxodir
ОтветитьУдалитьZoʻr
ОтветитьУдалить44ga bo‘linish belgisi nima bo‘ladi
ОтветитьУдалитьbiror sonning toq o'rinlarni egallagan raqamlari yig'indisidan juft o'rinlarni egallagan raqamlari yig'indisini ayirganda ayirma 0 ga teng bo'lsa yoki 11 ga qoldiqsiz bo'linsa mazkur son 11 ga qoldiqsiz bo'linadi.
ОтветитьУдалить