a va b sonlarning nisbati deb ularning bo'linmasi natijasiga aytiladi. Nisbatni
ko'rinishda yozish mumkin. Nisbatni tashkil qiluvchilari uning hadlari deyiladi. a oldingi had, b keyingi had. Nisbat kasrning barcha xossalariga ega.
Nisbatning qiymati 1 dan katta bo'lsa, birinchi son ikkinchisidan ikkinchisidan necha marta katta ekanligini anglatadi. 1 dan kichik bo'lsa, birinchi son ikkinchisining qanday qismini tashkil qilishini bildiradi.
Masalan, a) 36:9 nisbatning qiymati 4 ga teng: 36:9=4. 36 soni 9 dan 4 marta katta.
b) 4:100 nisbatning qiymati 1/25 ga teng. 4 soni 100 ning 25 dan 1 qismini tashkil qiladi.
Proporsiyaning asosiy xossasi. Proporsiyaning chetki hadlari ko'paytmasi uning o'rta hadlari ko'paytmasiga teng:
Misol. Proporsiyaning noma'lum hadini toping.
Ikki nisbatning tengligi proporsiya deyiladi.
Proporsiya 4 ta hadlardan iborat. a va d chetki hadlar, b va c o'rta hadlar deyiladi.
a⋅d=b⋅c
Masalan, Proporsiyaning to'g'riligini tekshiring:
Proporsiyaga oid qo'shimcha formulalar.
Комментариев нет:
Отправить комментарий